23:06 / 27.12.2022
1 581

Hindistonda o‘g‘rilar bank ostidan tunnel qazib, oltinlarni o‘marib ketishdi

Hindistonda o‘g‘rilar bank ostidan tunnel qazib, oltinlarni o‘marib ketishdi
Foto: India Posts English
Hindistonda o‘g‘rilar to‘dasi davlat banki bo‘limlaridan birining omboriga yerosti yo‘lagini qazib, 10 million rupiy (120 ming dollar) qiymatdagi oltinni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi.

Jinoyatchilar 23 dekabrga o‘tar kechasi Uttar-Pradesh shtatidagi Kanpur shahri banki omboriga kirish uchun orqa devor ostidan uch metrga yaqin tunnel qazigan. O‘g‘rilar pul saqlanadigan kameralarni ochishga ulgurmagan bo‘lsa-da, ikki kilogrammga yaqin tillani olib chiqib ketgan.

«Ehtimol, jinoyatchilarga bank xodimlaridan biri yordam bergandir. Biz bir nechta dalillarni topdik, shu jumladan ombordagi barmoq izlarini, bu o‘g‘irlikni fosh qilishda yordam beradi», dedi mahalliy politsiya xodimi.

Politsiya jinoyatni ochish uchun bir nechta tergov guruhlarini tuzdi.

Bank filiali mudiri o‘g‘irlangan oltinlar ularni garovga qo‘yib, kredit olgan 29 nafar fuqaroga tegishli ekanini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo