
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) spikeri Mustafo Shentop, Ukrainadagi inqirozni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Tayyip Erdo‘g‘onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatganini aytdi.
«Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Erdo‘g‘onni Nobel Tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdim. Mening arizam bor. Boshqa o‘lkalardan arizalar topshiriladi», – deydi Mustafo Shentop.
Ma’lumot uchun, Turkiya prezidenti Ukraina-Rossiya o‘rtasidagi urushga barham berish uchun o‘rtada vositachi rolini o‘ynab kelmoqda. Bundan tashqari, Turkiya lideri Ukraina portlarida qolib ketgan 20 tonna don mahsulotlarini olib chiqishda jonbozlik ko‘rsatgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar