347
Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen ikkinchi bor ota-ona bo‘ldi

Foto: «Yandeks.ru»
Turk kino olamining dunyoga mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Lisa.ru» nashri.
Turk ommaviy axborot vositalarining yozishicha, chaqaloq AQSHdagi klinikalarning birida dunyoga kelgan. Burak O‘zchivit ham ikkinchi farzandining tug‘ilish jarayonida ishtirok etdi. Jurnalistlar 18 yanvar kuni ularning oilasida ikkinchi o‘g‘il farzand dunyoga kelganini, bolaga Kerem deb ism qo‘yilganini, uning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyaning «oltin juftligi» Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen 2013 yilda «Choliqushi» serialini suratga olish jarayonlarida tanishgan. Oradan ikki yil o‘tib uchrasha boshlagan juftlik 2017 yilning yozida oila qurib, munosabatlarini mustahkamladi. Juftlikning birinchi farzandi, ya’ni Karan ismli o‘g‘li 2019 yilda dunyoga keldi. Fahriye Evjen ikkinchi farzandini dunyoga keltirishi haqida 2022 yilning yoz oyida ma’lum qilgan edi.
«Biz juda hayajondamiz va xursandmiz. O‘g‘ilmi yoki qizmi? Sog‘lom bola tug‘ilishining o‘zi kifoya. Men allaqachon uyqusiz tunlarga o‘rganib qolganman. Karan bilan amaliyot o‘tadim», — degan ikkinchi farzandining dunyoga kelishi haqidagi xabarni tasdiqlagan Burak O‘zchivit.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar