Tokioda sushi tarqatadigan noodatiy avtobus ishga tushadi

Tokioda sushi tarqatadigan noodatiy avtobus ishga tushadi

Yaponiya poytaxti Tokioda sayyohlar uchun g‘ayrioddiy gastronomik loyiha — ikki qavatli SUSHI BUS ishga tushiriladi. Unda yo‘lovchilar shaharni tomosha qilish bilan bir vaqtda, harakatlanayotgan avtobus ichida cheklanmagan miqdorda sushi tanovul qilishlari mumkin.

Loyihani 2026 yil 10 oktyabrdan ishga tushirish rejalashtirilgan. Avtobusning birinchi qavatida oshxona joylashadi. Sushilar shu yerning o‘zida tayyorlanib, maxsus lift orqali ikkinchi qavatga olib chiqiladi. U yerda taomlar yo‘lovchilar o‘rindiqlari yonidan o‘tib turadigan konveyerga joylashtiriladi.

Sayyohlar taxminan 70 daqiqa davomida sushidan cheklanmagan miqdorda bahramand bo‘lishlari mumkin. Avtobus borish nuqtasiga ega oddiy transport vositasi emas — u shahar bo‘ylab aylanma yo‘nalishda harakatlanib, sayyohlik maskanlarini tomosha qilish imkonini beradi. Yakuniy yo‘nalish hali to‘liq belgilanmagan, ammo Sibuya, Ginza va Asakusadagi mashhur joylardan o‘tish rejalashtirilgan.

SUSHI BUS bir vaqtning o‘zida 20 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Sayohat Tokio vokzali yaqinidagi Kadzibasi avtoturargohidan boshlanadi. Bir kishi uchun chipta narxi 16 ming yapon yeni, ya’ni taxminan 100 dollar atrofida bo‘ladi.

Loyiha muvaffaqiyatli bo‘lib, sayyohlar orasida ommalashsa, tashkilotchilar kelgusida shunday avtobuslarni Osaka va Kiotoda ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Tokio ko‘chalari bo‘ylab sayr qilib, bir vaqtning o‘zida harakatlanayotgan konveyerdan sushi yeyish g‘oyasi sizga qanday tuyuldi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar