Bishkekdan Toshkentga yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

23 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘izistonning Aero Nomad aviakompaniyasi tomonidan Bishkek–Toshkent–Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan birinchi muntazam reys kutib olindi.
Airbus A320 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 22:22 da qo‘ndi. Yangi tashuvchi samolyoti an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan qarshi olindi. Yo‘lovchilarga milliy taomlar taklif qilindi.
Ilk reys bilan Toshkentga 163 nafar yo‘lovchi yetib kelgan. Qaytish reysi uchun esa 74 nafar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Aero Nomad ushbu yo‘nalishda haftasiga ikki marta, payshanba va yakshanba kunlari qatnovlarni amalga oshiradi. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida bajariladi.
Shu tariqa, Aero Nomad Toshkent–Bishkek yo‘nalishida qatnaydigan uchinchi aviakompaniyaga aylandi. Bu yo‘nalishda Uzbekistan Airways va Centrum Air ham to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni bajarib kelmoqda.
Keyingi bosqichda Aero Nomad Bishkekdan Samarqand va Urganch shaharlariga ham reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Aviakompaniya 2021 yilda tashkil etilgan va Bishkek aeroportida bazalashgan.































Izohlar 0
…