36 yoshli FIDE menejeri to‘satdan vafot etdi

Dunyo1 daqiqa o'qish204
36 yoshli FIDE menejeri to‘satdan vafot etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) operatsion menejeri Sergey Indeykin 36 yoshida to‘satdan vafot etdi.
  • Uning o‘limi Nigeriyadagi xizmat safaridan so‘ng O‘zbekistonda o‘zini yomon his qilishi va keyinchalik Rossiyada ahvolining og‘irlashishi ortidan yuz bergan.
  • Marhumning otasi o‘g‘lining malyariya yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, biroq kasallikning aniq tashxisi va o‘lim sababi FIDE tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) operatsion menejeri Sergey Indeykin 36 yoshida vafot etdi. Federatsiya uning o‘limi to‘satdan yuzaga kelgan kasallik ortidan sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Sergey Indeykin yaqinda xizmat safari bilan Nigeriya poytaxti Abudja shahrida bo‘lgan. U yerda shaxmat musobaqasini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.

Safardan keyin u O‘zbekistonga kelgan va shu yerda o‘zini yomon his qila boshlagan. Keyin Rossiyaga qaytganidan so‘ng ahvoli yana og‘irlashib, Perm shahrida shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Marhumning otasi Aleksandr Indeykinning aytishicha, o‘g‘lining Nigeriyada zararlangan chivin chaqishi orqali malyariya yuqtirgan bo‘lishi ehtimol qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, FIDE hamkasblari ta’riflagan alomatlar malyariya belgilarini eslatgan. Biroq kasallikning aniq tashxisi va o‘lim sababi federatsiya tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Indeykin FIDE tadbirlarida 2021 yildan beri ishlab kelgan. U jahon chempionati bahslari, Jahon kubogi, nomzodlar turnirlari, rapid va blis bo‘yicha jahon chempionatlari kabi yirik musobaqalarni tashkil etishda qatnashgan.

Uning ishi musobaqalar o‘tkaziladigan turli mamlakatlarga tez-tez xizmat safarlariga chiqishni talab qilgan. Hamkasblari Indeykinni yirik xalqaro shaxmat musobaqalarini tashkil etishda muhim hissa qo‘shgan professional mutaxassis sifatida eslamoqda.

Ayrim manbalarda u ishdan tashqari bolalar uyini qo‘llab-quvvatlagani, safarlaridan bolalarga shaxmatga oid esdalik sovg‘alari olib kelgani ham qayd etilgan.

Nigeriyada malyariya keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat dunyoda malyariya yuki eng yuqori bo‘lgan davlatlardan hisoblanadi.

Manba: MIR 24

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?