13:56 / 03.02.2023
652

Tazyiq va qo‘rquv: Modi davrida hindistonlik musulmonlar hayoti

Tazyiq va qo‘rquv: Modi davrida hindistonlik musulmonlar hayoti
2018 yilda, men Nyu-Dehlidagi maktabda stajor-o‘qituvchi bo‘lib ishlab yurgan kezlarimda, direktor to‘satdan dars o‘tayotgan honamga kirib: "mana bu "narsa"ga ruxsatni qayerdan olding?", deya, boshimdagi ro‘mol sababli o‘zining siyqasi chiqib ketgan gaplarini ayta boshladi. “Ishda din bo‘lmasligi kerak”, deya qo‘shimcha qildi u. Xullas u mendan maktabga ro‘molsiz kelishimni talab qildi...

Hindistonlik muslima — Nabiya Xon hikoyasi

2018 yilga kelib, musulmonlar Hindiston burchakka tiqilgan edi, shuning uchun ham men bilan bo‘lib o‘tgan voqea ajablanarli emas. Ammo 2023 yilga kelib, bosh vazir Narendra Modining hind millatchi hukumatining siyosati bois, musulmon ayollarga hijobi tufalyi ta’qiblar kundalik muammoga aylandi.

"Milliy ittifoq"ning fuqarolik erkinliklari borasida so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Karnatakada 1000 dan ortiq musulmon qizlar hijobli ayollarni ta’lim muassasalaridan izolyatsiya qilish bo‘yicha tizimli kampaniya tufayli kollejni tashlab ketishgan.

Hindutva tashkilotlari hukumat va politsiya loqaydligi tufayli hijob kiygan talabalarga qarshi shafqatsiz kampaniya olib borishdi.

Karnataka maktablarida hijob o‘rashga qo‘yilgan taqiq o‘tgan yili shtat oliy sudi tomonidan tasdiqlanib, bu ayollarni ta’lim olish huquqidan mahrum qilgan edi.

Hindistonda hijobli ayol bo‘lish bugungi kunda hukumat tomonidan va’da qilingan inklyuziv va bag‘rikeng jamiyatdan yiroqdir.

Ish joyidagi diskriminatsiya

Hindistonda hijobli ayollar duch keladigan kamsitishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri ish joyida sodir bo‘ladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot ish o‘rinlari bo‘yicha musulmon ayollarga nisbatan ichki qarama-qarshiliklarga oydinlik kiritdi. Murojaat etuvchi hind bo‘lsa, ish so‘rab yuzlangan musulmonga nisatan ikki marta ishga tez qabul qilingan.

Hindistonda hijobli ayollar jamoat joylarida ham og‘zaki haqorat va jismoniy taziyqlarga duchor bo‘lishadi. Ko‘pchilik shunchaki hijob kiygani uchun haqorat qilinsa, masxara va ruhiy zo‘ravonlikka uchraganliklari ham haqiqat.

Fanatizm va zo‘ravonlik hukm surayotgan mamlakatda hijob nafratlangan hind kuchlari uchun mayoq bo‘lib, uni kiyganlarni oson nishonga aylantirdi. Biroq, bu ochiq-oydin diskriminatsiyani Hindistondagi barcha musulmonlarga qarshi jinoyatlari haqidagi katta muammodan ajratib bo‘lmaydi. Hijob ular har kuni duch keladigan xavf-xatarlarning vizual belgisi bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo