Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tkazdi

Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tkazdi

Ozarbayjonda hijob kiyganligi sababli maktab binosiga kiritilmagan o‘qituvchi va bir nechta o‘quvchi darsni tashqarida, yo‘lak ustida davom ettirdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Roya News English xabariga ko‘ra, voqea maktablarda kiyinish qoidalariga oid yangi talablar ortidan yuzaga kelgan noroziliklar fonida sodir bo‘lgan. Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi 21 sentyabr kuni maktab formasi qoidalariga o‘zgartirish kiritgan.

Yangi talablar o‘quvchilarning kiyim-boshini yagona standart asosida tartibga solish va ta’lim muassasalarida dunyoviylik tamoyillariga rioya etishni nazarda tutadi. Hujjatda hijob to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlanmagan. Biroq, ayrim maktablarda ushbu qoidalar hijob kiygan o‘quvchi va o‘qituvchilarning ta’lim muassasasiga kirishiga to‘sqinlik qilish uchun qo‘llanayotgani haqida xabarlar berilgan.

Vaziyat mamlakatda noroziliklar va darslarni boykot qilish holatlariga sabab bo‘lgan. Bahslar, asosan, maktab formasiga qo‘yiladigan talablar, diniy e’tiqod erkinligi hamda o‘quvchilarning ta’lim olish huquqi atrofida kechmoqda.

Ozarbayjon rasmiylari esa kiyinish qoidalarini yagona standartni ta’minlash va dunyoviy ta’lim tamoyillariga rioya qilish zarurati bilan izohlamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar