Ozarbayjonda hijob sabab maktabga kiritilmagan o‘qituvchi darsni ko‘chada o‘tdi

Ozarbayjonda hijob sabab maktabga kiritilmagan o‘qituvchi darsni ko‘chada o‘tdi

Ozarbayjonda hijob kiyganligi sababli maktab binosiga kiritilmagan o‘qituvchi va bir nechta o‘quvchi dars mashg‘ulotini ko‘chada, yo‘lak ustida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Mazkur holat mamlakatda maktablarda amal qilayotgan kiyinish qoidalari yuzasidan bahs-munozaralarni kuchaytirdi.

Roya News English nashrining xabar berishicha, voqea 21-sentabrdan kuchga kirgan kiyinish talablariga oid yangi qoidalar ortidan yuzaga kelgan noroziliklar fonida sodir bo‘lgan.

Yangi tartib ta’lim muassasalarida maktab formasini yagona standart asosida belgilashni nazarda tutadi. Biroq, ayrim maktablarda hijob kiygan o‘quvchilar va pedagoglarning binoga kirishiga to‘sqinlik qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Vaziyat mamlakatda diniy e’tiqod erkinligi hamda bolalarning ta’lim olish huquqi bilan bog‘liq masalalarni yana kun tartibiga olib chiqdi. Kiyinish qoidalarining qo‘llanilishi va ularning o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarga ta’siri jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar