Bokuda hijob sabab ishdan ketgan ustozini o‘quvchilar ko‘z yosh bilan kuzatdi

Bokuda hijob sabab ishdan ketgan ustozini o‘quvchilar ko‘z yosh bilan kuzatdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘quvchilarning sevimli ustozi bilan ko‘z yosh to‘kib xayrlashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Videoga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, o‘qituvchi hijob o‘ragani sababli ishdan bo‘shatilgan. Bu xabarni eshitgan o‘quvchilar esa sevimli ustozlari bilan xayrlashish uchun uning atrofiga to‘plangan.

Kadrlarda bolalarning ustozini qo‘yib yubormay, u bilan hissiyotli tarzda xayrlashayotgani aks etgan. Videodagi holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli fikrlarga sabab bo‘lmoqda.

Hozircha o‘qituvchining ishdan bo‘shatilishi sabablari haqida videoga ilova qilingan ma’lumotdan tashqari qo‘shimcha rasmiy izoh keltirilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar