Erdo‘g‘onning partiyasi prezidentlik saylovlarini keyinga qoldirishga qarshi chiqdi

1 daqiqa o'qish288
Erdo‘g‘onning partiyasi prezidentlik saylovlarini keyinga qoldirishga qarshi chiqdi
Foto: Reuters
Turkiyada hukmron “Adolat va taraqqiyot partiyasi” prezidentlik saylovlarini keyinga qoldirishga qarshi chiqdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar berdi.

Nashrda keltirilishicha, hozirda partiya umumiy saylovlar bilan bog‘liq barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda, biroq zilzilalar fonida ularni keyinga qoldirishdan bosh tortmoqda.

“Prezident Erdo‘g‘on 14 may kuni saylov o‘tkazilishi tarafdori, partiyaning ba’zi a’zolari esa 18 iyunda bo‘lishi tarafdori. Oliy saylov komissiyasi zilzila sodir bo‘lgan hududdan ko‘chib ketgan yoki zilzila sodir bo‘lgan hududda qolganlar uchun joylarda ovoz berish ishlarini olib boradi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Turkiya parlamentining sobiq spikeri, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Bulent Arinch may oyiga belgilangan umumiy saylovlarni zudlik bilan kechiktirishga chaqirgandi. Uning fikricha, halokatli zilzilalar fonida “mamlakat saylovoldi stressidan qutulishi kerak”. U vaziyatni hal qilishning uchta variantini taklif qilgan.

Birinchisi, parlament va prezidentlik saylovlarini birlashtirish, shuningdek, 2024 yilda mahalliy boshqaruv organlariga saylovlarni o‘tkazishni nazarda tutadi. Ikkinchi mumkin bo‘lgan ssenariy – prezidentlik va parlament saylovlarini keyinga qoldirish va ularni 2023 yil noyabrida o‘tkazish. Agar bu ikki variant mos kelmasa, Arinch siyosiy partiyalarning kelishgan holda boshqa saylov sanasini o‘zgartirishi mumkinligini aytadi.

Haberturk nashri Turkiyadagi umumiy — ham prezidentlik, ham parlament saylovlari olti oydan bir yilgacha kechiktirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Maqolada mamlakatdagi hukmron partiya keng ko‘lamli zilzila fonida bu masalaga jiddiy yondashayotganini aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda umumiy saylovlar 2023 yilning 14 mayida o‘tkazilishini, bu aslida belgilangan muddatdan bir oy oldin ekanini aytgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?