Xitoyda ikki bolaning 32 qavatli turar joy binosi tomida qilgan xavfli o‘yini ko‘rganlarni dahshatga soldi

Xitoyning Guychjou provinsiyasida ikki bolaning 32 qavatli turar joy binosi tomida xavfsizlik choralarisiz yurgani aks etgan video internetda keng tarqaldi. Kadrlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining xavotiriga sabab bo‘ldi.
Videoda bolalar baland binoning tom chetida bemalol harakatlanayotgani, ularning atrofida esa yiqilishdan himoya qiluvchi maxsus vositalar yo‘qligi ko‘rinadi. Eng xavotirli jihati shundaki, ular hayotlari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bu joyda ancha vaqt qolishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar tomda taxminan 20 daqiqa bo‘lgan. Shundan so‘ng ular hech kimning yordamisiz pastga tushib, lift orqali binoning birinchi qavatiga yetib olgan.
Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Shunga qaramay, voqea bolalarning baland binolarning tomiga nazoratsiz chiqishining naqadar xavfli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…