![Turkiyada o‘ldirilgan ayolning qotili o‘z aybiga iqror bo‘ldi](/uploads/posts/2023-04/920__95_3365452135.jpg)
Joriy yilning 24 mart kuni 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Umida Tulyaganova Turkiyaning Istanbul viloyati Baxchelievler tumanida birgalikda yashab kelgan 61 yoshli Turkiya fuqarosi Riza Beler tomonidan yashash xonadonida shafqatsizlarcha o‘ldirilganligi haqida Turkiya OAVda ma’lumot berilgan edi.
Aniqlanishicha, marhuma Riza Beler bilan taxminan 3 yildan buyon birga yashab kelgan. O‘rtalarida uzoq vaqtdan beri davom etib kelgan kelishmovchilik tufayli erkak uni qasddan o‘ldirishni oldindan rejalashtirgan bo‘lgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha hibsga olingan Riza Beler o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Marhumaning jasadi esa 29 mart kuni Bosh konsulxona ko‘magida O‘zbekistonga yuborilgan va yaqinlariga topshirilgan.
Shuningdek, Bosh konsulxona qotilga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanishini alohida kuzatib borayotganini bildirmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar