Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamkorligida Istanbul shahrida xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, ya’ni firibgarlik jinoyatida ayblanayotgan U.N. ismli shaxs xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U Turkiyada aniqlanib, belgilangan tartibda qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng mazkur shaxs O‘zbekistonning sud organlariga topshirilgan.
Bosh konsulxona xabarda O‘zbekiston va Turkiyaning vakolatli idoralari jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochishining oldini olish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirayotganini ta’kidlagan.






























Izohlar 0
…