Istanbulda sher paydo bo‘ldi: xavfsizlik kuchaytirilib, maxsus amaliyot boshlandi

Turkiyaning Istanbul shahrida sher ekani taxmin qilinayotgan yirtqich hayvon ko‘rilgani haqidagi xabarlar mahalliy aholi orasida xavotir uyg‘otdi. Hodisa shaharning Sariyer tumani, Uskumruköy mahallasida qayd etilgan.
Kuzatuv kameralariga tushib qolgan hayvonning tasvirlari o‘rganilgach, uni qidirish va aniqlash bo‘yicha maxsus amaliyot boshlandi. Jandarma xodimlari hududni termal tasvirlash texnologiyasi yordamida kuzatib, hayvonning joylashuvini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Voqeadan so‘ng hududda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Ayni paytda Turkiya Tabiatni muhofaza qilish va milliy bog‘lar bosh boshqarmasi mutaxassislari veterinarlar bilan birgalikda yirtqichni xavfsiz tarzda qo‘lga olishga harakat qilmoqda.
Mahalliy aholiga esa ehtiyotkorlikni kuchaytirish, hayvonga yaqinlashmaslik va zarur xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi.
Hozircha hayvonning qayerdan kelgani, kimga tegishli ekani va uning haqiqatan ham sher ekanligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…