Gulmira Satibaldi / Foto: kaztag.kz
Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldi o‘zboshimchalik va odam o‘g‘irlashda aybdor deb topildi. U ichimliklar ishlab chiqaruvchilarning yirik aksiyalarini egallab olishga harakat qilgan.
Ostona sudi 4 may, payshanba kuni Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq xotini Gulmira Satibaldini o‘zboshimchalik va odam o‘g‘irlashda aybdor deb topib, mol-mulkini musodara qilmasdan 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi. «Jazoni o‘tash rejimi o‘rta darajadagi jazoni ijro etish tizimida belgilanishi kerak», — dedi raislik qiluvchi sudya Kemenger Imashev. Bundan tashqari, Satibaldi Qozog‘iston davlat mukofoti – «Kurmet» ordenidan ham mahrum qilinadi.
Bu ish bo‘yicha ikkinchi ayblanuvchi - Satibaldining haydovchisi Madi Botirshayev ham 7 yilga, uchinchi ayblanuvchi - odam o‘g‘irlash jinoyatini sodir etgan Rashid O‘tebekov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud mart oyining o‘rtalaridan beri davom etdi, ish bo‘yicha jabrlanuvchilar ikki tadbirkor – Galanz bottlers AJ asoschisi Tursengali Alaguzov va Maxi Bottlers MCHJ sobiq egasi Oygul Mekesheva edi.
Gulmira Satibaldi 2022 yilning 16 martida qo‘lga olingan va Ostonadagi vaqtinchalik hibsxonaga joylashtirilgan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi unga va bir qator boshqa shaxslarga nisbatan biznesni musodara qilish bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qildi. 2023 yil yanvar oyida Satibaldi odam o‘g‘irlash va o‘zboshimchalikda ayblangani ma’lum bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Satibaldi ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning yirik aksiyalarini tortib olishga urinib, Mekeshevani o‘g‘irlab ketgan va uning bolalarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Zarar miqdori 6 milliard tengedan ortiqni tashkil qilgan. Aprel oyida Satibaldi va Mekesheva vositachilik kelishuviga erishdilar, sudlanuvchi o‘z aybini qisman tan oldi.
Gulmira Satibaldi avvalroq Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldi bilan turmush qurgan bo‘lib, u 2018 yilda Qozog‘istonning Forbes nashri tomonidan mamlakatning eng nufuzli biznesmenlari ro‘yxatiga kiritilgan, uning boyligi 163 million dollarga baholangan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi