19:43 / 19.07.2023
267

Hamkasblari orasida injiqligi bilan ajralib turadigan Bollivud aktyorlari

Hamkasblari orasida injiqligi bilan ajralib turadigan Bollivud aktyorlari

Bollivud kino sanoati XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. Hindistonda aholining aksariyat qismi Bollivud haqidagi ma’lumotlarga qiziqadi. Tomoshabinlar sevimli aktyorlarining turmush tarzi, odatlari va kundalik hayotida qanday ishlar bilan shug‘ullanishi haqida bilishni xohlaydi.

Oddiy insonlar uchun mashhurlar mukammaldek ko‘rinadi, biroq ularning ba’zilari muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishganidan so‘ng bu natijaga qanday erishganini unutib qo‘yadi. Bollivud yulduzlari orasida nafaqat muxlislarini mensimaydigan, balki suratga olish maydonchasida hamkasblari oldida o‘zining yomon jihatini ko‘rsatadiganlari ham bor.

Karina Kapur Xon

Mish-mishlarga ko‘ra, Bibo nomi bilan tanilgan Karina suratga olish maydonchasida ishlayotgan paytda asabiylashadi. U kino olamda takabburligi bilan mashhur aktrisa hisoblanadi. Karina Kapur Bipasha Basu kabi ko‘plab mashhur aktyorlar haqida haqoratli fikrlarni bildirgan. Aktrisa kinokartinalarning  suratga olish maydonchasida va partnyorlarini tanlashda o‘zining yuqori talablari bilan ham mashhur. Shuning uchun Bollivuddagi ko‘plab mashhurlar u haqda yaxshi fikr bildirmaydi.

Foto: “Yandeks.ru”

Amir Xon

Amir Xon ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan Bollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri hisoblanadi. Bollivuddagi har bir kishi uning ishga mukammal tarzda yondashishini yaxshi biladi va bu ko‘pincha aktyor bilan uning hamkasblari o‘rtasida ijodiy to‘qnashuvlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.  

Foto: “Yandeks.ru”

Katrina Kaif

Katrina Kaif eng go‘zal hind aktrisalaridan biri, u omma oldida o‘zini yaxshi tutadi, biroq u bilan ish tajribasiga ega bo‘lgan insonlar buning aksini aytadi. Katrina suratga olish maydonchasida o‘zini yomon tutadi, kinostudiya xodimlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lmaydi va ko‘pincha insonlarni haqorat qiladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Govinda

Govindaning ushbu ro‘yxatdan joy olgani ko‘pchilikni hayron qoldirishi mumkin. Aktyor o‘zining ekssentrik xatti-harakatlari bilan mashhur. U ko‘plab rejissorlar, hamkasblari bilan kelishmovchilikka borgan. Aktyorning hind kino sanoatiga qo‘shgan hissasi haqida hali ham gapiriladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Nasiruddin Shoh

Nasiruddin Shoh aktyorlik mahorati va iste’dodi tufayli tez shuhrat qozongan mashhur aktyorlardan biri. Nasiruddin bilan suratga olish maydonchasida ishlash qiyin, chunki aktyor hamma narsada o‘z fikrini bildiradi va shuning uchun hamkasblari bilan tez-tez kelishmovchiliklarga boradi. Aktyor yomon xulq-atvorga ega bo‘lmasligi mumkin, biroq u bilan ishlash juda qiyin.

Foto: “Yandeks.ru”

Shilpa Shetti

Shetti o‘zining kinokaryerasini “Firibgar” filmida boshlagan, bu film tufayli u ikki marta Filmfare mukofotiga nomzod bo‘ldi. Biroq ba’zi ommaviy axborot vositalari aktrisaning juda talabchanligi va suratga olish maydonchasida u bilan ishlash juda qiyinligi haqida yozgan. U ko‘pincha ssenaristlar va rejissorlardan obraziga yoki ssenariyga o‘zgartirish kiritishlarini talab qiladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Akshay Kumar

Akshay Kumar tartib-intizomga rioya qiladigan aktyor sifatida tanilgan, biroq u ham suratga olish maydonchasida o‘zining fe’l-atvorini ko‘rsatgani sababli muhokamalarga sabab bo‘lgan. U ish masalasida qattiqqo‘l va talabchan aktyor. Akshay Kumarni professional aktyor desa bo‘ladi, biroq uning fe’l-atvori boshqalarga xalaqit berishi mumkin.

Foto: “Yandeks.ru”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hamkasblari orasida injiqligi bilan ajralib turadigan Bollivud aktyorlari
ePN