Sergey Cherkasov / Foto: JD
Braziliya Adliya va jamoat xavfsizligi vazirligi Vashington Rossiya razvedkasi xodimi deb hisoblagan va josuslikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasovni AQSHga ekstraditsiya qilishdan bosh tortdi. Adliya vazirligi o‘z qarorini 27 iyul, payshanba kuni e’lon qildi.
«AQSH so‘roviga kelsak, Adliya va jamoat xavfsizligi departamentining aktivlarni qaytarib olish va xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti sudlanuvchida STF (Oliy Federal sud) tomonidan tasdiqlangan ekstraditsiya buyrug‘i bor bo‘lganligi sababli buni asossiz deb hisobladi», — deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Idoraning tushuntirishicha, AQSH so‘rovidan tashqari ularga ekstraditsiya bo‘yicha Rossiya so‘rovi ham kelib tushgan, biroq Moskva so‘rovining ijrosi «13445/2017-sonli qonunning 95-moddasiga muvofiq» to‘xtatilgan. Qonun shuni nazarda tutadiki, ekstraditsiya faqat sud jarayoni tugagandan yoki hukm ijro etilgandan keyin mumkin. Rossiyada Cherkasov giyohvand moddalar savdosida ayblangan.
Sergey Cherkasov 2022 yilning iyunida Niderlandiyada qo‘lga olingan edi. Niderland razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik o‘zini Braziliya fuqarosi Viktor Myuller Ferreyra sifatida ko‘rsatgan va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)da amaliyot o‘tashga uringan. Cherkasov Braziliyaga chiqarib yuborilgan va u yerda hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun 15 yilga qamalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!