ChatGPT Keniyada minglab insonni daromadsiz qoldirdi

Keniyada sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq o‘zgarishlar minglab odamlarning kundalik daromadiga ta’sir qildi. Ayniqsa, onlayn platformalar orqali ma’lumotlarni saralash, matnlarni belgilash va AI tizimlarini o‘qitish kabi ishlarni bajarib kelgan frilanserlar qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Ular xorijiy kompaniyalar uchun sun’iy intellekt modellarini takomillashtirishga yordam beruvchi vazifalarni bajargan. Biroq AI texnologiyalari rivojlanib, ayrim jarayonlarning avtomatlashtirilishi natijasida bunday ishlarga bo‘lgan ehtiyoj pasaygan.
Bu esa Keniyada mazkur sohadan daromad olib kelgan ko‘plab insonlarning buyurtmalarsiz qolishiga sabab bo‘lgan. Ayrim ishchilar uchun AI texnologiyalarining jadal taraqqiyoti yangi imkoniyatdan ko‘ra, daromad manbaining qisqarishiga aylanmoqda.
Mutaxassislar esa sun’iy intellekt mehnat bozorida ayrim kasblarga bo‘lgan talabni o‘zgartirishi, shu bilan birga yangi ish o‘rinlarini ham paydo qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…