Xamdam Sobirov “Peshta” so‘zining ma’nosini ochiqladi

Xamdam Sobirov “Peshta” so‘zining ma’nosini ochiqladi

Xonanda Xamdam Sobirovdan ayni kunlarda ommalashayotgan “Peshta” qo‘shig‘i haqida so‘raldi. Muxlislar qo‘shiq nomidagi “Peshta” so‘zining ma’nosini turlicha talqin qilayotgani, ko‘pchilik uning mazmunini aynan xonandaning o‘zidan eshitishni istayotgani ta’kidlandi.

“Sizning trendga chiqayotgan “Peshta” qo‘shig‘ingizni ko‘pchilik turlicha ma’noda talqin qilmoqda. Shu haqda biroz so‘ramoqchi edim. Ko‘plab muxlislaringiz bu savolga javobni o‘zingizdan eshitishni istayapti. “Peshta” so‘zining ma’nosi nima?”, — deya savol berildi.

Xamdam Sobirov esa bu savolga quyidagicha javob berdi:

“Bir go‘zal qizning shijoati. Xullas, trenddagi qiz deyilsa, nima deylik — eng go‘zal va eng shijoatkor qiz. Qaynoq qiz”, — dedi xonanda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ayrim foydalanuvchilar “Peshta” tojikcha so‘z bo‘lib, “hammadan oldinda” degan ma’noni anglatadi, deya fikr bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar