Deklan Raysning sevgilisi yana tanqidlar markazida qoldi

Deklan Raysning sevgilisi yana tanqidlar markazida qoldi

Angliya terma jamoasi va «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Raysning sevgilisi Loren Frayer ijtimoiy tarmoqlarda tashqi ko‘rinishi sabab yana tanqidlarga duch keldi.

Ayrim foydalanuvchilar Lorenni Raysga «mos emas» deb atab, uning tashqi ko‘rinishi haqida haqoratli fikrlar bildirgan. Bunday munosabatlar avval ham kuzatilgan va Loren ijtimoiy tarmoqlardagi bosim sabab ayrim suratlarini o‘chirib tashlagan edi.

Deklan Rays oilasi bilan Angliya Premyer-ligasi kubogi yonida jilmayib turibdi.

Deklan Rays va Loren Frayer esa qariyb 10 yildan beri birga. Juftlik munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilishdan ko‘ra, shaxsiy hayotini ommadan uzoqroq saqlashga harakat qiladi. 2022 yilda ularning farzandi dunyoga kelgan.

Deklan Rays va uning sevimlisi Loren Frayerning ikki xil suratdagi ko‘rinishi.

Rays avval ham sevgilisiga nisbatan bildirilgan salbiy munosabatlarga befarq qolmagan. Futbolchining Lorenni qo‘llab-quvvatlashi ularning munosabatlari qancha yillar davomida saqlanib kelayotganini ham ko‘rsatadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar