Foto: Bloomberg.
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli dunyoda havoni ifloslantiruvchi moddalarning eng yuqori darajasiga ega.
Rasmiylarning ularning sonini qisqartirish choralari o‘z samarasini bermayapti, deb yozadi Bloomberg ekologlar va Shveysariyaning IQ Air kompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib.
Yangi Dehlida havo sifati ifloslanishi indeksi 346 ga, Mumbayda 177 ga yetdi. IQ Air ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston poytaxtida mayda zarrachalar konsentratsiyasi har kubometr havoda 296 mikrogrammni tashkil qilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan xavfsiz darajadan deyarli 20 baravar yuqori.
Chikago universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, iflos havodan nafas olish hindlarning umrini o‘rtacha 5,3 yilga qisqartiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin