Erdo‘g‘an Isroilga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi

1 daqiqa o'qish237
Erdo‘g‘an Isroilga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi
Foto: AK Parti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an partiyadoshlari bilan uchrashuv vaqtida Isroilga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilishga qaror qilganini aytdi. Hurriyet xabariga ko‘ra, u buni G‘azo sektoridagi vaziyat bilan izohlagan.

«Men Binyamin Netanyahu bilan bir marta qo‘l berib ko‘rishganman. Bu AQShdagi «Turkiya uyi»da bo‘lgandi. Ammo u bizning ezgu niyatimizni suiiste’mol qildi va biz endi Isroilga safar qilishdan bosh tortdik», — degan Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidenti G‘azo sektorida bolalar o‘limi uchun mas’uliyatni ham G‘arb mamlakatlari zimmasiga yuklagan. «Hujumni oqlash — G‘arbning qonli tarixi merosidir. G‘azo sektoridagi qirg‘in uchun aybdorlar Isroilga cheksiz yordam ko‘rsatayotganlardir. Ular bu mintaqada hech qachon tinchlik bo‘lmasligini istashadi», — degan Erdo‘g‘an. «Agar biz tinchlik hukm suradigan dunyoni xohlasak, xoch va yarimoy konsepsiyasidan voz kechishimiz kerak. Aks holda bu insoniyat uchun sharmandalik bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Erdo‘g‘an HAMASni terrorchi tashkilot deb hisoblashdan bosh tortishi, uning jangchilarini o‘z yurtini ozod etish uchun kurashayotgan mujohidlar deb bilishini aytgan. Shu bilan birga, turklar hech qachon irqchi bo‘lmaganini yahudiylar barchadan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishini ta’kidlagan. «Biz — ortida ming yillik donishmandlik turadigan Turkiya respublikasimiz», — degan u.

Turkiya prezidenti barcha tomonlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishi va G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun Rafah nazorat-o‘tkazish punkti ham ochilishi kerakligini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, Turkiya falastinliklar uchun xavfsizlik kafolati bo‘lishga tayyor. «Mintaqadagi tinchlik butun dunyo tomonidan tan olinadigan mustaqil Falastin davlati barpo etilishiga bog‘liq. Aks holda bunday yakson etuvchi olov qayerga tarqalishi noma’lum», — degan Erdo‘g‘an.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?