06:35 / 28.11.2023
367

NATO bosh kotibi alyansning asosiy vazifasini aytdi

NATO bosh kotibi alyansning asosiy vazifasini aytdi

Foto: Reuters

Rossiya bilan harbiy keskinlikning kuchayishining oldini olish NATOning asosiy vazifasi, dedi tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“Eng muhim vazifa bu keskinlashuvning oldini olish, bu mojaroning Rossiya va NATO o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chunki bu yanada ko‘proq azob-uqubatlar, o‘lim va halokat olib keladi”, — dedi u va ittifoqning ikkinchi asosiy vazifasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ekanini qo‘shimcha qildi.

Stoltenberg, shuningdek, NATOning sharqiy qanotida kengayishini uning a’zolarining o‘zini himoya qilishga tayyorligi bilan izohladi. “Biz buni mojaro qo‘zg‘ash uchun emas, balki uning oldini olish uchun qilyapmiz”, deb ta’kidladi bosh kotib.

Avvalroq Stoltenberg Ukrainadagi mojaro hududidagi vaziyat murakkab ekanligi, NATOdan Kiyevga yordamni kuchaytirishni talab qilishini aytgandi. Alyans rahbari Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, Ukraina o‘z mustaqilligini saqlab qolishi kerakligini qo‘shimcha qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo