Zalujniy frontdagi achchiq haqiqatni tan oldi — Rossiya NATO qurollarini fosh etdi

Valeriy Zalujniy Ukraina harbiy resurslari tugaganini va Rossiya G'arb taqdim etgan zamonaviy qurollarga qarshi samarali chora topganini aytdi. U NATO "axloqan eskirgan" tuzilma ekanini ta'kidlab, Yevropada mustaqil harbiy blok tuzishni taklif qildi. The National Interest Rossiya tasarrufida 900 dan ortiq jangovar samolyot, jumladan, Su-57 Felon qiruvchilari borligini yozdi.
Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni va mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy frontdagi vaziyat bo‘yicha kutilmagan va sensatsion bayonot bilan chiqdi. Uning tan olishicha, Kiyevning resurslari butkul tugagan, Moskva esa G‘arb taqdim etgan barcha zamonaviy qurollarga qarshi mukammal chora topishga erishgan.
Kiyevda bo‘lib o‘tgan Diplomatik klub yig‘ilishida general Zalujniy Ukrainaning harbiy imkoniyatlari tamom bo‘lganini yashirib o‘tirmadi.
"Ukraina Tomagavk (Tomahawk) raketalari, yadroviy qurol, aviatashuvchilar va F-35 qiruvchilaridan tashqari NATO arsenalidagi deyarli barcha turdagi qurollarni va ularning doktrinalarini qo‘llab ko‘rdi. Ammo resurs tugadi. Rossiya bularning barchasiga qarshi samarali chora topdi", — deydi Zalujniy.
"NATO axloqan eskirdi, u bizni qutqara olmaydi"
Ukrainaning sobiq bosh qo‘mondoni Alyans sha’niga ham keskin tanqidlar yog‘dirdi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishga intilishi endi hech qanday mantiqqa ega emas, chunki bloklarning o‘zi chuqur inqirozda.
Zalujniyning fikricha, NATO "axloqan eskirgan" tuzilma bo‘lib, Yevropada mutlaqo yangi, hududiy xavfsizlikni ta’minlay oladigan mustaqil harbiy blok tuzish vaqti keldi.
G‘arb harbiy ekspertlari nima demoqda?
Ukrainadagi muvaffaqiyatsizlik va Zalujniyning shov-shuvli bayonoti fonida G‘arbning nufuzli tahlilchilari ham vaziyatga realistik baho berishni boshladi:
1. "Yevropa aviatsiyasi Rossiya oldida ojiz"
AQSHning nufuzli The National Interest nashri Yevropaning eng kuchli havo kuchlariga ega deb hisoblangan Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyaning harbiy salohiyatini past baholadi.
Nashrning yozishicha, Rossiya aviatsiyasining ustunligi borasida hech qanday xom xayolga berilmaslik kerak. Hozirda Moskva tasarrufida 900 dan ortiq jangovar samolyotlar, jumladan, 5-avloddagi eng zamonaviy Su-57 Felon qiruvchilari mavjud bo‘lib, u Yevropadagi eng qudratli havo kuchi bo‘lib qolmoqda.
2. "Biz Ukrainada yutqazdik"
Pentagonning sobiq maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Duglas Makgregor esa AQSH va uning ittifoqchilarining mag‘lubiyatini ochiqdan-ochiq tan oldi:
"Biz Ukrainada yutqazdik. Va "biz" deganda men Qo‘shma Shtatlarni nazarda tutyapman. Barcha ittifoqchilarimiz bankrotlik yoqasida, hech kimda pul qolmadi. Yevropaning Rossiyaga qarshi ommaviy safarbarligi amalga oshmaydi. Rossiya esa resurslarini juda ehtiyotkorlik va puxta strategiya bilan boshqarib, g‘alaba qozonmoqda", — dedi ekspert.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…