09:02 / 29.12.2023
90

Moskvada ikki shoir urushga qarshi she’rlari uchun sudlandi

Moskvada ikki shoir urushga qarshi she’rlari uchun sudlandi
Foto: Picture Alliance
Moskvaning Tver tuman sudi «Mayakovskiy o‘qishlari» she’riy kechalari ishtirokchilari, shoirlar Artem Kamardin va Yegor Shtovbani uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qildi. «Novaya gazeta - Yevropa»ning muxbiri xabar berishicha, Kamardin yetti yilga, Shtovba esa besh yarim yilga qamalgan.
 
«Novaya-Yevropa» qayd etishicha, sud 33 yoshli Kamardin va 23 yoshli Shtovbani «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolariga qarshi adovat qo‘zg‘atishda, shuningdek, davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatga chaqiriqlarda aybdor deb topdi. «Mediazona» xabariga ko‘ra, Kamardin 500 ming rubl jarimaga ham tortilgan, qarorni sudya Kseniya Panova qabul qilgan.
 
Sudlanuvchilarning tarafdorlari «Mayakovskiy ishi | Kamardin, Dayneko, Shtovba» Telegram-kanalida aniqlik kiritishicha, hukm e’lon qilinganidan keyin ba’zi eshituvchilar, xususan, Artem Kamardinning rafiqasi Aleksandra Popova «Uyat!» deb baqirgan. Shundan so‘ng u va yana bir necha kishi sud zalida ushlangan. Jurnalistlarga doxil qo‘lga olishlar sud oldidagi ko‘chada davom etdi. Biroz vaqt o‘tgach, muxbirlar avtozakdan chiqarib yuborildi.
 
Donbass haqidagi she’r uchun yetti yil qamoq
2022 yil 25 sentyabrda Kamardin va Shtovba Moskvadagi Triumfalnaya maydonida shoir Vladimir Mayakovskiy haykali yonida bo‘lib o‘tgan «Mayakovskiy o‘qishlari» she’r kechalarida ishtirok etdi. Kamardin Donbass haqidagi she’rlarni o‘qidi. Buning ertasiga u politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan, kaltaklangan va uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘rlangan, shundan so‘ng u kamera oldida kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay, xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan «112» Telegram-kanalida uzr so‘ralgan video paydo bo‘ldi.
 
Dastlab Kamardin va Shtovbaga nisbatan «LXR» va «DXR» qurolli tuzilmalari a’zolarini kamsitganlik uchun ish ochilgan, deb yozadi «Mediazona». 2023 yil mart oyida ayblov davlatga qarshi faoliyatga chaqirish haqidagi moddaga o‘zgartirilgan. Kamardinning jinoyati shundan iboratki, she’rida chaqiruv qog‘ozlarini olmaslik va ular asosida harbiy komissarlikka bormaslikni tavsiya qilgan. Shtovbani uning sherigi deb atalgan.
 
Ish bo‘yicha uchinchi ayblanuvchi - shoir Nikolay Dayneko may oyida to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. «Memorial» inson huquqlari markazi jamoasi har uchala shoirni - «Mayakovskiy ishi» ishtirokchisini siyosiy mahbuslar ro‘yxatiga kiritdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo