277
Professor: Rossiya Ukraina bilan muzokaralargacha yana ham ko‘proq hududlarni nazoratga oladi
Chikago universiteti professori Jon Mirshaymer “Global Times” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Ukraina bilan muzokaralargacha yana ham ko‘proq hududlarni nazoratga olishini aytdi.
"O‘ylaymanki, haqiqiy jangovar harakatlar 2025 yilgacha davom etmaydi. Ruslar hozir nazorat qilayotganidan ham ko‘proq hududni o‘z nazoratiga oladi va sulh tuziladi", – deb taxmin qildi mutaxassis.
Olim shuningdek, agar mojaro tinch yo‘l bilan hal etilsa ham, G‘arb Rossiyani provokatsiya qilishdan, yangi mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishga urinishdan to‘xtamasligidan ogohlantirdi.
Kreml bir necha bor ta’kidlaganidek, hozirda Ukrainadagi vaziyat tinch yo‘nalishga o‘tishi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q, Rossiya uchun mutlaq ustuvorlik – bu maxsus operatsiya maqsadlariga erishish, hozirda bu faqat harbiy yo‘l bilan mumkin. Shu bilan birga, Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bildirgan, biroq Kiyev qonunchilik darajasida ularga taqiq joriy qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!