Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi

1 daqiqa o'qish347
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi
Foto: Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Juma kuni Odessa bo‘ylab yo‘llangan zarbalar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi yaralangan, deb xabar bermoqda Ukraina rasmiylari.

Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, dam olish maskanining uch qavatli binosi vayron bo‘lgan, kamida o‘nta xususiy uy, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, gaz quvuri, tez yordam avtomobili va o‘t o‘chirish mashinasi shikastlangan.

Ukraina janubi mudofaa kuchlari zarba «Iskander-M» raketalari bilan yo‘llanganini taxmin qilmoqda. Ukraina bosh prokuraturasiga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlangan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida Ukraina favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat xizmati xodimi hamda tez yordam feldsheri ham bor.
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi
Foto: AFP
Xabar qilishlaricha, ular juma kuni avvalroq ro‘y bergan zarba oqibatlarini bartaraf etish uchun yetib kelgandi.

«FVDX qutqaruvchilari zarba joyiga yetib kelib, yong‘inni o‘chirish, xarobalarni tozalash va jabrlanganlarni qidirish ishlariga kirishdi. Ish ketayotgan vaqtda dushman takroran raketa zarbasi yo‘lladi, natijada bir qutqaruvchi halok bo‘ldi», — deyilgan boshqarma xabarida.
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi
Foto: Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Qurbonlar orasida shahar merining sobiq birinchi o‘rinbosari Sergey Tetyuxin ham bor, deb xabar berdi Odessa meri Gennadiy Truxanov. U 2023 yilda ishdan bo‘shab, frontda jang qilish uchun yo‘l olgandi.

Odessada shanba kuni qurbonlar xotirasiga motam e’lon qilindi.

«Bugun Rossiya yana Odessani o‘qqa tutib, begunoh kishilarni o‘ldirdi va qutqaruvchilarga ham zarba berdi. Bu beshafqat zarbalar Rossiya Yevropadagi tajovuzini to‘xtatmasligini anglatadi. Biz Rossiyani hozir to‘xtatish uchun Ukrainaga hozir yordam berishimiz darkor. Biror daqiqani ham behuda o‘tkaza olmaymiz», — deya yozgan AQSHning Ukrainadagi elchisi Bridjit Brink tvitter sahifasida.

Rossiya hukumati ro‘y bergan hodisa bo‘yicha izoh bergani yo‘q.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?