
Foto: Sergey Savostyanov / TASS
Turkiyada mehmonxona egasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminov Rossiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Aminov sherigi bilan Istanbuldagi mehmonxonada ishlagan va 2019 yil iyul oyida uning egasini o‘ldirib, mamlakatni tark etgan. U Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan va faqat 4 yildan keyin Qozon shahrida hibsga olingan.
2023 yil dekabr oyida Rossiya Bosh prokuraturasi Turkiyaning qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. 15 mart kuni Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Aminovni Moskvaning Vnukovo aeroportida turkiyalik hamkasblariga topshirdi.
O‘zbekiston FuqarosiTurkiya MehmonxonasiEkstraditsiya JarayoniRossiya Ichki IshlarIstanbul MehmonxonaQidiruvdagi Shaxs O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar