15:29 / 30.03.2024
801

Maykl Jeksonning farzandlari hozir qanday ko‘rinishga ega?

Maykl Jeksonning farzandlari hozir qanday ko‘rinishga ega?
Pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning farzandlari omma e’tiboriga tushishni yoqtirmaydi, ular doimo yashirin hayot tarzini olib boradi. Afsonaviy qo‘shiqchining merosxo‘rlari turli kechalar va ziyofatlarda, ijtimoiy yig‘ilish va ommaviy tadbirlarda hech qachon ishtirok etmaydi.

Biroq mashhurning farzandlari kuni kecha bo‘lib o‘tgan shahzoda Eduard teatridagi spektaklda ko‘rinish bergan. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.

Foto: People Talk

Foto: People Talk
Londondagi teatrga Mayklning 25 yoshli qizi Peris Jekson va o‘g‘illari 27 yoshli Prins Jekson va 22 yoshli Prins Blanket Jekson II rasmiy kiyimda tashrif buyurdi.

Pop afsonasi ikki marotaba oila qurgan. 1994 yilda u Liza Mariya Presliga Dominikada uylangan. Afsuski, ikki yil o‘tgach yosh oila ajrimga kelgan.

Liza Mariya va Maykl Jekson
Foto: "Pravila Jizni"

1996 yilda Maykl Debbi Rou ismli ayolga uylangan. Ularning ikki nafar Peris Jekson va Prins Jekson ismli farzandlari bor. Uch yildan so‘ng ular ham ajrashdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Jeksonning uchinchi farzandi — Prins Blanket Jekson II surrogat ona yordamida dunyoga kelgan.

Debbi Rou va Maykl Jekson farzandlari bilan
Foto: "Pravila Jizni"

Pop qiroli Maykl Jekson 2009 yil 25 iyun kuni 50 yoshida vafot etdi. Afsonaviy qo‘shiqchining o‘lim sababi hanuz noma’lum. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, u propofolning me’yoridan ortiq dozasi tufayli jon bergan. In’eksiyaning noto‘g‘ri dozasini Jeksonning shaxsiy kardiologi yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maykl Jeksonning farzandlari hozir qanday ko‘rinishga ega?
ePN