134
Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida terakt uyushtirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: Anadolu
Suriyaning Turkiya bilan chegarasi yaqinida terakt uyushtirilishi natijasida 2 nafar mahalliy aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Turkiyaning Kilis viloyati Elbeyli tumaniga tutash Suriyaning Kobanbey viloyati hududida harakatlanib kelayotgan avtomobil portlab ketgan. Portlash oqibatida avtomobil ichidagi ikki kishi halok bo‘lgan. Bir kishi jarohatlangan.
Xavfsizlik kuchlari yaqin atrofda sa’y-harakatlarni kuchaytirib, tergov boshlagan. Hujumga aloqadorlikda taxmin qilingan hamma so‘roq qilinmoqda.
Hozircha Suriya hududidagi hech bir terrorchi-ekstremist guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Rasmiylar hujum ijrochisi mamlakat shimolida o‘rnashgan kurd terrorchi brigadalariga aloqador bo‘lishi mumkinligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi