HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi

1 daqiqa o'qish430
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda u «Anadolu» agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida ma’lum qildi.

«Prezident Erdo‘g‘onning Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Parti) parlament fraksiyasi yig‘ilishida HAMASni milliy ozodlik harakati deb atagan va uni milliy kuchlar bilan qiyoslagan bayonoti, shubhasiz, biz va Falastin xalqi uchun g‘urur tuydiradi», – deydi Haniya.

Ismoil Haniyaning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rahbarining qo‘llab-quvvatlashi Falastin muammosini o‘z muammosi deb bilgan va zulmga qarshi chiqqan turk xalqining vijdonini aks ettiradi. Haniya, shuningdek, Prezident Erdo‘g‘onning Shimon Peresning bayonotlariga qanday munosabatda bo‘lganini, BMT yig‘ilishida Falastin xaritasini ko‘targanini va Falastin yerlarining ishg‘ol jarayonini xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola qilganini esladi.

Turkiyada Prezident Erdo‘g‘on va Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ishtirok etgan yig‘ilishda Isroilning G‘azo sektoriga yetti oylik hujumi oqibatlari muhokama qilindi. Haniya Falastin tomoni doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqilishini talab qilayotganini ta’kidladi.

HAMAS yetakchisi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni, jumladan, Misr, Turkiya, Qatar va Yevropa davlatlarini Isroil agressiyasining oldini olish va Rafahda ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyani oldini olish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

«Agar sionist dushman Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi. Rafahdagi qarshilik jangchilari o‘zlarini himoya qilishga va o‘z xalqiga qarshi hujumlarga qarshilik ko‘rsatishga tayyor», – deydi Haniya.

U, shuningdek, AQSHning Falastinning to‘laqonli a’zolik to‘g‘risidagi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga veto qo‘yganidan g‘azabini bildirgan va G‘azo sektorida ko‘plab qurbonlar AQSH qurollari bilan o‘ldirilayotganini ta’kidlagan.

«G‘azo sektorida o‘ldirilgan barcha tinch aholi, minglab, o‘n minglab qurbonlar Amerika qurollari, Amerika raketalari va Qo‘shma Shtatlarning siyosiy himoyasi ostida halok bo‘ldi», – degan HAMAS yetakchisi o‘z intervyusida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?