Avtomobil tagidan topilgan sirli qog‘oz ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1
Avtomobil tagidan topilgan sirli qog‘oz ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil tagiga yopishtirib qo‘yilgan, g‘alati belgilar tushirilgan qog‘oz aks etgan video keng tarqalmoqda. Ushbu topilma internet foydalanuvchilari orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi.

Videoda haydovchi avtomobilini tekshirayotgan paytda uning tagiga yopishtirilgan qog‘ozni payqab qoladi. Qog‘ozni olib, ochib ko‘rganida esa uning ichida turli tushunarsiz ramzlar va skelet tasviri borligi ko‘rinadi.

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu belgilarni sehr-jodu bilan bog‘lamoqda. Biroq qog‘ozning aslida nima maqsadda tayyorlangani, uni kim va nima sababdan avtomobil tagiga joylashtirgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Shu bois topilmaning sehr-jodu bilan bog‘liq ekani haqidagi gaplar tasdiqlanmagan taxminligicha qolmoqda.

Videodagi holat internetda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar orasida bu kimningdir hazilimi yoki boshqa maqsadda qilingan harakatmi, degan savollar paydo bo‘lmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?