
Foto: Daily Mail
Barbadoslik xonanda Rianna karyerasidagi muhim muvaffaqiyatlardan biriga erishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ijrochi o‘z diskografiyasida eng ko‘p brilliant xitlarga ega bo‘lgan xonanda deb topildi. Bundan avval u Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasining to‘rtta brilliant sertifikati bilan taqdirlangan edi.
Sovringa munosib qo‘shiqlar ro‘yxatiga 2007 yilda Jay-Z bilan kuylagan Umbrella treki, 2012 yilda Diamonds, shuningdek, 2016 yilda Drake bilan yozilgan Work qo‘shig‘i kiritilgan.
Uning brilliant sertifikatni qo‘lga kiritgan albomlari orasida Anti's Needed Me va Unapologetic's Stay ham bor. Xonandaning diskografiyasi uning 2010 yilda Eminem bilan birga kuylangan hamda 2013 yilning may oyida brilliant sertifikatni qo‘lga kiritgan Love the Way You Lie xitini ham o‘z ichiga olgan. Kelvin Xarvis bilan 2011 yilda kuylangan We Found Love qo‘shig‘i ham unga 2023 yilning aprelida brilliant sertifikatni olib kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar