Qishda issiqxonalar uchun gaz ta’minoti cheklanishi mumkin

Energetika vazirligi qish mavsumida issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlashni kafolatlay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda vazirning birinchi o‘rinbosari Umid Madaminov Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tabiiy gaz zaxiralari kamayib bormoqda, qazib olish hajmi ham yildan-yilga pasaymoqda. Qishda qattiq sovuq kuzatilganda gaz tarmoqlarida bosim tushib ketadi. Shu sababli iste’molchilarga gaz yetkazib berish imkoniyatlari cheklanadi.
Umid Madaminov issiqxona egalariga qishda gaz uzluksiz berilishiga ishonib qolmaslikni va muqobil isitish manbalariga o‘tishni tavsiya qilgan.
Muqobil variantlar sifatida suyultirilgan gaz, pellet yoqilg‘isi, geotermal isitish tizimlari hamda ko‘mirdan sintez-gaz olish texnologiyasi taklif etilgan.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, pellet yoqilg‘isida ishlaydigan isitish uskunalarini xarid qilish uchun tadbirkorlar bank kreditlaridan foydalanishi mumkin. Energetika vazirligi mutaxassislari esa ularga mos texnologiyalarni tanlashda yordam berishga tayyor.
Maqolada eslatilishicha, 2025 yil noyabr oyida prezident Energetika vazirligiga Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash vazifasini topshirgan edi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
























Izohlar0
…