16:37 / 02.07.2024
103

Turkiya prezidenti ikki vazirini o‘zgartirdi

Turkiya prezidenti ikki vazirini o‘zgartirdi
Foto: AP Photo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on farmoni bilan uning ikki vaziri o‘zgardi. Bu haqda Yeni Safak xabar berdi.

Murat Kurum ekologiya va shaharsozlik vaziri etib tayinlangan. U sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqan vazir Mehmet O‘zhasekining o‘rnini egallaydi. Kurum 2018—2023 yillar oralig‘ida Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o‘zgarishi vazirligida ishlagan, 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda “Xalq ittifoqi” partiyasidan Istanbul shahar hokimiyati merligiga nomzod bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja o‘rniga 2016 yildan buyon Istanbul viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Kemal Memisog‘lu tayinlandi. Vazirlar Mahkamasidagi o‘zgarishlar O‘zhaseki iste’foga chiqqanidan so‘ng e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya prezidenti ikki vazirini o‘zgartirdi