Turkiyada shifokorlar bemorning kasal qulog‘i o‘rniga sog‘lomini operatsiya qildi

1 daqiqa o'qish93
Turkiyada shifokorlar bemorning kasal qulog‘i o‘rniga sog‘lomini operatsiya qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Istanbulda shifokorlar Murat Tarakchi ismli bemorning o'ng qulog'idagi muammoni bartaraf etish o'rniga, uning sog'lom chap qulog'ida jarrohlik amaliyotini o'tkazib qo'ydi.
  • Narkozdan chiqqach, bemor chap qulog'ida kuchli og'riq sezib, xatoni anglagan va kasalxonani sudga bergan.
  • Keyinchalik o'tkazilgan ikkinchi operatsiyadan keyin ham bemorning quloqlarida shovqin, eshitish qobiliyatining pasayishi va muvozanatni saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Turkiyaning Istanbul shahrida shifokorlar bemorning kasal qulog‘i o‘rniga sog‘lom qulog‘ida jarrohlik amaliyotini o‘tkazib qo‘ydi. Narkozdan so‘ng xatoni anglagan bemor kasalxonani sudga berdi. Bu haqda “Aksham” nashri xabar berdi.

Turkiya fuqarosi Murat Tarakchi qulog‘idagi og‘riq sabab Istanbulning Tuzla tumanida joylashgan universitet kasalxonasiga murojaat qilgan. Tekshiruvlar davomida uning o‘ng o‘rta qulog‘ida suyuqlik to‘planib qolgani aniqlangan. Shundan keyin shifokorlar muammoni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga qaror qilgan.

Biroq operatsiya vaqtida kutilmagan xatoga yo‘l qo‘yilgan. Shifokorlar bemorning kasal o‘ng qulog‘i o‘rniga sog‘lom chap qulog‘ida jarrohlik amaliyotini bajargan.

Narkoz ta’siridan chiqqach, Murat Tarakchi chap qulog‘ida kuchli og‘riq sezgan. Shunda u shifokorlar operatsiyani noto‘g‘ri quloqda amalga oshirganini anglab yetgan.

Xatoni to‘g‘rilash maqsadida o‘sha kunning o‘zida bemor yana operatsiya stoliga yotqizilgan. Bu safar unga umumiy narkoz ostida ikkinchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Biroq ikkinchi operatsiyadan keyin ham bemorning muammolari bartaraf bo‘lmagan. U quloqlarida doimiy shovqin paydo bo‘lgani, eshitish qobiliyati pasaygani va muvozanatni saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelganidan shikoyat qilgan.

Shundan so‘ng Tarakchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida kasalxonaga nisbatan sudga da’vo arizasi kiritgan.

Bemorning advokati ma’lum qilishicha, hozirda Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun ruxsat kutilayotgan ekan. Klinika rahbariyati bilan muammoni muzokaralar orqali hal qilishga urinishlar esa hozircha samara bermagan.

Kasalxona ma’muriyati mazkur voqea yuzasidan hozirga qadar rasmiy izoh bermagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?