15:26 / 03.08.2024
63

Livan o‘z suverenitetini har qanday yo‘l bilan himoya qilishini bildirdi

Livan o‘z suverenitetini har qanday yo‘l bilan himoya qilishini bildirdi
Foto: RIA Novosti
Livan o‘z yeri, suvereniteti va qadr-qimmatini barcha mavjud vositalar bilan himoya qilishga haqli, deya Livan bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Najib Mikati ma’lum qildi.

Bayrutning janubiy chekkasida 30 iyul kuni Isroil havo hujumi oqibatida bir ayol va ikki bola halok bo‘lgan, kamida 74 kishi yaralangan. Isroil armiyasi Livan poytaxtiga hujum “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqlagan.

Isroilning so‘nggi bir necha soat ichida biz guvoh bo‘lgan tizimli va xavfli kuchayishiga qaramasdan, biz faqat o‘z yerimiz, suverenitetimiz va qadr-qimmatimizni barcha vositalar bilan himoya qilish huquqini yana bir bor tasdiqlay olamiz. Biz bu tanlovda qat’iy bo‘lamiz”, deydi Mikati.

Bundan tashqari, siyosatchi mamlakat hukumati barcha do‘st davlatlarga Livan tinchlik tarafdori va uzoq muddatli barqarorlikka intilayotgani haqida xabardor qilganini ta’kidlab, buning uchun mamlakat janubida Isroil tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarishi zarurligini aytgan.

Mamlakat janubidan Bekaa vodiysi va poytaxtning janubiy chekkalarigacha bo‘lgan Livandagi xavfsizlik vaziyatiga Livan suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi davom etayotgan Isroil tajovuzlari sabab bo‘ldi, bu esa livanliklar hayotini beqarorlashtiradi”, deya qo‘shimcha qilgan Mikati.

Isroil—Livan chegarasidagi vaziyat 2023 yil oktyabr oyida G‘azoda Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin keskinlashgan. Livan TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning o‘qqa tutishi tufayli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Isroil tomonining xabar berishicha, Isroil shimolining 80 mingga yaqin aholisi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Livan o‘z suverenitetini har qanday yo‘l bilan himoya qilishini bildirdi