O‘zbekiston osmonidagi sirli nur Xitoy raketasi bilan bog‘liqmi?

O‘zbekiston osmonidagi sirli nur Xitoy raketasi bilan bog‘liqmi?

23 sentyabr kuni kechqurun O‘zbekistonning turli hududlarida osmonda g‘ayrioddiy va yorqin nur paydo bo‘ldi. Ayrim fuqarolar ushbu sirli manzarani taxminan soat 20:00 atrofida kuzatgan.

Qizig‘i, aynan shu kuni Xitoyning Venchan kosmodromidan Long March 8A tashuvchi raketasi uchirilgani xabar qilingan. Raketaning uchirilishi O‘zbekiston vaqti bilan taxminan soat 18:30 ga to‘g‘ri kelgan.

Mutaxassislar tushuntirishicha, raketa yuqori atmosfera qatlamlariga ko‘tarilgan paytda undan ajralib chiqqan gazlar quyosh nurini aks ettirishi mumkin. Natijada tungi osmonda katta va yorqin nurli hosila paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

Shu sababli O‘zbekistonda kuzatilgan g‘ayrioddiy yorug‘lik Xitoy raketasining uchirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Biroq hozircha mazkur hodisa aynan Long March 8A raketasi sabab yuzaga kelgani rasman tasdiqlangan emas. Mutaxassislarning qo‘shimcha tahlillari voqeaning aniq sababini oydinlashtirishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar