Ixtiyoriy to‘lanmagan qarz “Lacetti”ni auksionga yetakladi

Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2026 yil 12 yanvardagi ijro varaqasiga asosan qarzdor R.Q.dan undiruvchi “A. I.” AJ foydasiga qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy holati o‘rganilib, uning mol-mulki va bank hisobraqamlari mavjudligi yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi aniqlangan hamda unga nisbatan, shuningdek, qarzdorning bank hisobraqamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda taqiq va cheklovlar o‘rnatilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor R.Q. davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, mavjud qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan.
Shu munosabat bilan, majburiy ijro harakatlari doirasida qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, belgilangan tartibda onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.
Avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda undiruvchi sug‘urta tashkiloti foydasiga o‘tkazilib, qarzdorning o‘z vaqtida bajarilmagan majburiyatini qoplashga yo‘naltiriladi.
Shu tariqa, sud hujjatida belgilangan majburiyatni ijro etish hamda undiruvchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy ijro choralari amalga oshirilmoqda.































Izohlar 0
…