00:23 / 12.08.2024
82

Dharmendraga turmushga chiqish uchun Islomni qabul qilgan Hema Malini hayoti qanday kechdi?

Dharmendraga turmushga chiqish uchun Islomni qabul qilgan Hema Malini hayoti qanday kechdi?
Taniqli “Zita va Gita” filmi yulduzi Hema Malini Ramanujam Chakravarti 1948 yilda Tamilnad shtatida puldor va boy aktyorlar oilasida tug‘ilgan. Onasi taniqli kino prodyuseri, hind kinematografiyasining ilk tamal toshi qo‘yilgan paytlardayoq mashhurlikka erishgan edi.

Foto: Dzen
Hemaning ota-onasi uning bolaligidanoq qizining yaxshi ta’lim olishi va ko‘p qirrali bo‘lishi uchun hech nimani ayamadi. Qiz vokal va xoreografiya bilan shug‘ullanib, ko‘p vaqtini klassik hind raqsini o‘rganishga bag‘ishlaydi.

Hema Malini onasi bilan
Foto: Dzen

Malini 17 yoshga to‘lganida “Panda bu dunyoni tark etadi” filmida raqqosa sifatida debyut rol ijro etdi. Birinchi rol yosh aktrisaga u qadar katta shon-shuhrat keltirmagan bo‘lsa-da, raqqosalik iste’dodi darhol tomoshabin nazariga tushdi.

So‘ng aktrisa 1968 yilda “Orzular sotuvchisi”, “Voris” va “Mening ismim Jonni” filmlari bilan hind kinosining asosiy yulduziga aylandi. “Zita va Gita” esa Hemani Bollivudning yuziga aylantirdi. Bu rol uchun Malini Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Foto: Dzen
“Zita va Gita” filmi 1976 yilda ekran yuzini ko‘rdi va butun dunyodagi hind filmlari ishqibozlarining mehrini qozondi. Kartinada bolaligida ajratilgan egizak opa-singillar Gita va Zita hayoti haqida hikoya qilinadi.

Foto: Dzen
Dastlab Zita va Gita obrazini yaratish Bollivudning o‘sha vaqtdagi eng mashhur aktrisasi Mumtozga taklif qilingan. Biroq aktrisa kam gonorar tufayli filmda rol ijro etishni rad qilgan. Shundan so‘ng bu rol Hema Maliniga nasib qilgan. Filmda aktrisa ikki xil xarakterli obrazlarni shunchalik ishonarli tarzda o‘ynadiki, ko‘plab tomoshabinlar Zita va Gita obrazlarini bir-biriga o‘xshash ikki xil aktrisa gavdalantirgan, deb o‘ylashgan edi.

Foto: Dzen
Raki (Zitaning sevgilisi) rolini ijro etgan Dharmendra suratga olish vaqtida Malinini yoqtirib qoladi, ammo u 19 yoshidan Prakash Kaurga uylangan va 4 farzandli oila boshlig‘i bo‘lgan.

Dharmendra birinchi oilasi bilan
Foto: Bollywood Shaadis

Tez orada Dharmendra va Malini “Qasos va qonun” (1975) filmida hamkorlik qildi va ular bir-birlari uchun yaratilganini tushundi. Malinining ota-onasi rafiqasi va 4 nafar farzandini tashlab ketishga tayyor bo‘lgan erkakka turmushga chiqishiga qat’iyan qarshi bo‘ladi va ular darhol qiziga kuyov topadi.

Foto: Dzen
Dharmendra qallig‘ini majburan turmushga berishayotganidan xabar topgach, Hemaning uyiga bostirib kiradi va katta janjal ko‘taradi. Shundan so‘ng Malinining nikohi bekor qilinadi. Ammo baribir ikki yulduz birga bo‘lolmadi, chunki Dharmendraning qonuniy rafiqasi ajrashishni istamas edi.

Foto: Medium
Natijada ular vaziyatdan chiqishning yo‘lini topdi: aktyorlar Islom dinini qabul qildi, chunki Islom aqidalariga ko‘ra bir va undan ortiq ayolga uylanish mumkin edi. Va nihoyat 1980 yilda, tanishgandan 8 yil o‘tgach Hema Dharmendraga ikkinchi xotin sifatida turmushga chiqadi. Bundan bir oz avval Malinining otasi vafot etgan bo‘ladi.

Ushbu nikohdan Esha va Ahana ismli ikki qiz dunyoga keldi va ular ham onalari kabi raqqosalik kasbini tanladi.

Foto: Dzen

Foto: Koimoi
2000 yillarning boshlarida Malini filmlarda faol rol o‘ynadi, keyin esa onasining ishini davom ettirishga qaror qildi: aktrisa Hema Malini Creations rejissyorlik kompaniyasiga asos soldi. Bundan tashqari, aktrisa 2003 yildan beri Hindiston parlamenti deputati va hayvonlarni himoya qilish faoli sifatida ishlab kelmoqda.

Foto: Dzen
Hozirda 74 yoshli Hema Malini nafaqat baxtli rafiqa va ona, balki g‘amxo‘r buvi hamdir. Er-xotin birgalikda hayotlarini boshlagan besh qavatli hashamatli uyda yashaydilar. Malinining uyi shunchalik ulkanki, unda nafaqat butun kutubxona va raqs uchun zal, balki shaxsiy ibodatxona ham bor.

Foto: Timeline Daily

Foto: Timeline Daily

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dharmendraga turmushga chiqish uchun Islomni qabul qilgan Hema Malini hayoti qanday kechdi?