Foto: Wikipedia.org
Pekin mikrobiologiya va epidemiologiya instituti olimlari kanalar orqali tarqaladigan va asab tizimiga zarar yetkazuvchi yangi virusni aniqladi. Tadqiqot natijalari The New England Journal of Medicine ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Yangi aniqlangan patogen suv-botqoq virusi yoki WЕLV deb nomlangan. U dastlab Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston parkida kana chaqqan 61 yoshli erkakda aniqlangan. Bemorda isitma, bosh og‘rig‘i va qayd qilish alomatlari kuzatilgan. Antibiotiklar kasallik belgilarini yengillashtirmagan, bu esa infeksiyani bakteriyalar keltirib chiqarmaganini bildiradi.
Erkakning qonidagi DNK va RNK tahlilida ilgari kuzatilmagan ortonairovirus aniqlangan. Bunday viruslarga kanalar orqali tarqaladigan bir qator patogenlar kiradi. Ular orasida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi virusi ham bor.
Ilgari WЕLV virusi na hayvonlarda, na odamlarda kuzatilgan. Bemorning qonida aniqlangandan so‘ng, tadqiqotchilar 14,6 mingga yaqin kanani yig‘ib, ularni joylashuvi va turiga ko‘ra guruhlarga ajratib tahlil qilgan. Bu guruhlarning taxminan 2 foizi WЕLV genetik materialiga ijobiy natija ko‘rsatgan.
Besh turdagi kana virusni yuqtira oladi, biroq ko‘pincha WЕLV tashuvchilari Haemaphysalis concinna (iksod kanalarining bir turi) bo‘lib chiqdi. Shuningdek, virus tadqiqotchilar o‘rgangan qo‘y, ot va cho‘chqalarning oz qismida ham aniqlangan.
Kasallik alomatlari
Yangi infeksiya bilan kasallangan bemorlarda isitma, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik va bel og‘rig‘i, shuningdek, ko‘ngil aynish, qayd qilish va ich ketishi kabi umumiy alomatlar kuzatilgan. Laboratoriya tahlillari natijalari ko‘plab bemorlarda to‘qimalarning zararlanishi va qon ivishining belgilarini ko‘rsatgan.
E’tiborli jihati shundaki, WЕLV bilan kasallangan bir bemor hushidan ketib, komaga tushgan. Bu bemorning miya va orqa miyani o‘rab turuvchi suyuqligida leykotsitlar miqdori yuqori bo‘lgan, bu esa infeksiya borligini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi.
Olimlar WЕLV bilan kasallangan barcha odamlar bir-ikki hafta ichida sog‘ayib ketganini aytmoqda. Biroq, laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatganki, WЕLV miya va boshqa a’zolarni zararlab, o‘limga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi