Isroilning Daniyadagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi

1 daqiqa o'qish119
Isroilning Daniyadagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi
Foto: AFP
Isroilning Daniyadagi elchixonasi yaqinida yana portlash yuz berdi. Portlash elchixonadan taxminan 500 metr uzoqlikda sodir bo‘ldi. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi.

5 kun avval, 2 oktyabr kuni Isroil elchixonasi yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgandi.

“Biz, albatta, bugungi portlash Isroil elchixonasi yaqinidagi avvalgi voqea bilan aloqasi bor-yo‘qligini tekshirmoqdamiz. Hozircha bunga hech qanday dalil yo‘q”, dedi Kopengagen politsiyasi inspektori Trine Moller jurnalistlarga bergan intervyusida.

Mahalliy OAV elchixonadan 500 metr uzoqlikda joylashgan turar joy binosi oldida portlash izlari aks etgan kadrlarni chop etdi.

2 oktyabr kuni ro‘y bergan portlashni uyushtirganlikda gumon qilinib uch kishi hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ularning 2 nafari Shvetsiya fuqarolari. Hibsga olingan shaxslarga nisbatan terrorizm bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Daniya politsiyasi voqeadan keyin chegara nazoratini kuchaytirishga qaror qildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?