date
views 132

Isroil mudofaa vaziriga AQShga borishi uchun nega ruxsat berilmadi?

Isroil mudofaa vaziriga AQShga borishi uchun nega ruxsat berilmadi?
Foto: Flash90
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantning AQShga safarini ma'qullashdan bosh tortdi. Bu haqda Ynet xabar berdi.

Qaror soʻnggi lahzada qabul qilingan. Galant 9 oktyabrga oʻtar kechasi Vashingtonga uchishi kerak edi. Isroil mudofaa vazirining Vashingtonga safari AQSh iltimosiga koʻra rejalashtirilgandi. Netanyaxu bu borada Rosh-Xashona bayrami (2-4 oktyabr) arafasida ma'lum qilingan.

Galant AQShda yaqin hamkorlari bilan Eronga zarba berish borasida muloqot qilishi kerak edi. Bundan tashqari, u amerikaliklarga Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar etkazib berish borasida iltimos qilishi rejalashtirilgandi.

Ta'kidlanishicha, tashrifni rad etish “siyosiy drama” hisoblanadi. Netanyaxu mudofaa vaziri AQShga borishi uchun shart qoʻygani aytilmoqda. Jumladan, tashrif oldidan AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri bilan telefon orqali gaplashishi kerak boʻlgan.

"Baydenning Netanyaxu bilan munosabatlari busiz ham qiyin edi va soʻnggi oylarda yanada yomonlashdi. Aksincha, Galant AQShda bajonidil qabul qilinadi. Toʻgʻri, tashrif davomida u Bayden bilan emas, balki uning hamkasbi, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi", deyiladi xabarda.

Netanyaxu va Bayden oʻrtasidagi muloqot hali rejalashtirilmagan va u qachon boʻlib oʻtishi noma'lum. Bayden oʻtgan hafta Netanyaxu bilan gaplashishini aytgandi, biroq bu hali sodir boʻlmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil mudofaa vaziriga AQShga borishi uchun nega ruxsat berilmadi?