
Vinisiusning muxlislari “Oltin toʻp”ni topshirish marosimidan soʻng “Rodri” ismli yulduzlarga ommaviy ravishda “hujum qildi”.
“Manchester Siti” klubi futbolchisi Rodri “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritganidan soʻng, braziliyalik muxlislar ispaniyalik futbolchining barcha familiyadoshlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali “hujum” qilmoqda.
Dastlab argentinalik Rodrigo De Pol va qoʻshiqchi Oliviya Rodrigoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari birinchi boʻlib jabr koʻrdi. Muxlislar sharhlarda futbolchi mukofotga noloyiq ekanini yozish bilan birga sahifa egasini haqoratlar bilan “siylagan”.
Voqealar shu bilan tugamadi: muxlislar tasodifan Rodrigo Bentankur, Rodrigo Rikelme, Xames Rodriges, shuningdek, 17 yoshli Rodrigo Moragani “nishonga olgan”. Hatto Vinisiusning “Real Madrid”dagi jamoadoshi Rodrigo Goes ham doʻstining muxlislaridan jabr koʻrdi.
Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning sahifasida ham muxlislar “Oltin toʻp”ni Vinisiusga qaytarishni talab qilishgan.

Foto: Instagram
Rodrining oʻzi hech qachon ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochmagan va ularni ongli ravishda rad etadi. BBC podkastiga bergan intervyusida u yoshligida Internetga qaram boʻlishni xohlamaslikka qaror qilganini aytgan.
“Men onlayn doʻstlar izlashim shart emas. Men haqiqiy, jonli uchrashuvlarni qadrlayman. Ijtimoiy tarmoqlar foydali boʻlishi mumkin, ammo men uchun oddiylik va haqiqiy aloqalar muhimroqdir”, deya ta'kidlagan futbolchi.
Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” futbolchisi Rodri 2024 yilgi “Oltin toʻp” sohibiga aylandi. Rodri oʻtgan mavsumda “Manchester Siti” bilan birgalikda Angliya chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Ispaniya termasi bilan Evro gʻolibiga aylandi va ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgandi.
Sovrin uchun da'vogarlar beshligiga “Real”ning uch nafar futbolchisi kirgan: Vinisius, Dani Karvaxal va Jud Bellingem. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar