O‘zbekistonda noodatiy onlayn to‘y o‘tkazildi: kelin-kuyov AQSHdan turib marosimda qatnashdi

O‘zbekistonda noodatiy onlayn to‘y o‘tkazildi: kelin-kuyov AQSHdan turib marosimda qatnashdi

O‘zbekistonda noodatiy formatdagi onlayn to‘y marosimi o‘tkazildi. Unda kelin-kuyov AQSHda bo‘lgan bo‘lsa, to‘y Toshkentda tashkil etildi.

Marosim uchun qarindoshlar poytaxtda jamlanib, an’anaviy to‘yga xos dasturxon, raqslar va san’atkorlar ishtirokidagi bayram dasturini uyushtirdi. Minglab kilometr uzoqlikda bo‘lgan kelin-kuyov esa Zoom platformasi orqali marosimga qo‘shildi.

Ular videaloqa orqali mehmonlar bilan suhbatlashib, to‘yda kechayotgan barcha jarayonlarni ekranda kuzatib bordi. Shuningdek, masofadan turib o‘zbekona urf-odatlar ham ado etildi. Hatto "kelin-salom" marosimi ham AQSHdan turib amalga oshirildi.

Shu tariqa, masofa to‘y egalarining yaqinlari bilan birga bayram qilishiga to‘sqinlik qilmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar