San-Fransiskoliklar g‘azabini okean bo‘yida birgalikda baqirib chiqardi

San-Fransiskoliklar g‘azabini okean bo‘yida birgalikda baqirib chiqardi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • San-Fransiskoda 100 dan ortiq aholi o‘zlarining to‘planib qolgan salbiy his-tuyg‘ularini Tinch okeani bo‘yida baland ovozda baqirib chiqarishdi.
  • "Dengiz bo‘yidagi qattiq baqiriq" deb nomlangan ushbu tadbirni Deniyel Igan tashkil etdi va unda uy-joy ijarasining qimmatlashi hamda sun’iy intellekt kabi muammolar sabab bo‘lgan noroziliklar ifoda etildi.

AQSHning San-Fransisko shahrida 100 nafardan ortiq aholi g‘azab, asabiylik va to‘planib qolgan salbiy his-tuyg‘ularini odatdagidan mutlaqo boshqacha usulda chiqarish uchun Tinch okeani bo‘yida yig‘ildi. Ular okeanga qaragan holda birgalikda baland ovozda baqirib, o‘z hissiyotlarini namoyon qildi.

O‘ziga xos tadbir “Guttural Scream at the Sea”, ya’ni shartli ravishda “Dengiz bo‘yidagi qattiq baqiriq” deb nomlangan. Uni mahalliy aholi vakili Deniyel Igan Ocean Beach yaqinida tashkil etgan.

Iganning aytishicha, u avvalning o‘zi kuchli baqirish istagini his qilgan. Shu bois boshqalarni ham birlashtirib, to‘plangan hissiyotlarni birgalikda chiqarish g‘oyasini ilgari surgan.

Tadbir e’lonida ishtirok etish sabablari sifatida uy-joy ijarasining qimmatlashi, sun’iy intellekt sabab yuzaga kelayotgan norozilik, g‘azab va shunchaki baqirgandan keyin inson o‘zini yengil his qilishi kabi omillar keltirilgan.

Eng baland baqirgan ishtirokchi kim bo‘ldi?

Kollektiv baqiriqdan oldin ishtirokchilar o‘rtasida maxsus tanlov ham tashkil etilgan. Unda qatnashchilarning ovoz balandligi, baqirish davomiyligi va uslubi baholangan.

Tanlovda Oliviya Gulelmotto g‘olib bo‘ldi. Uning baqirig‘i 121,9 detsibel darajasida qayd etilgan. Bu natija dunyo rekordi hisoblangan 129 detsibel ko‘rsatkichidan biroz past.

G‘olibga sovrin sifatida kichik rupor berilgan.

Oliviya o‘zining baland baqirig‘i muayyan bir muammo yoki voqeaga bag‘ishlanmaganini ta’kidladi.

“Bu biror bitta narsa uchun emas, butun dunyo uchun edi”, — dedi u.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, noodatiy tadbir ishtirokchilarga kundalik hayotda yig‘ilib qolgan hissiyotlarni ochiq ifoda etish va o‘zini biroz yengil his qilish imkonini bergan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar