Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy sohilda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) markazini butunlay vayron qildi.
Nur Shams qochqinlar lageri jamoat qo‘mitasi raisi Nihod Chavoushning «Anadolu» nashriga aytishicha, Isroil armiyasi lagerga hujum qilishda davom etmoqda.
«Isroil harbiy buldozerlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) lager markazini buzib tashladi. 200 kvadrat metr maydonda barpo etilgan markaz mintaqa aholisining ehtiyojlari ko‘zga tashlanadigan maskanga aylangandi», – dedi u.
Chavushning so‘zlariga ko‘ra, Isroil avvalroq UNRWA markaziga hujum qilishga uringan. «UNRWA markazi Isroilning oldingi hujumlarida qisman vayron qilingan edi, bugun esa Isroil armiyasi binoni butunlay vayron etdi», dedi u.
Chavushning eslatishicha, markaz Nur Shams qochqinlar lagerini boshqarish va tibbiy xizmatlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Markaz yaroqsiz holga keldi, dedi u.
Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Nur Shams qochqinlar lagerida 1536 nafar bola ta’lim olayotgan ikkita UNRWA maktabi va turli sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi sog‘liqni saqlash markazi ham joylashgan.
Avvalroq Knesset (Isroil parlamenti) mamlakatda UNRWA faoliyatini taqiqlashga qaror qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?