date
views 126

Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!

Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
© iStock / Marco_Piunti
Amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Yevropa aholisining yo‘q bo‘lib ketishi haqida ma’lum qildi.
Ilon Mask Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlari haqidagi nashrni "Yevropa o‘lmoqda", deya izohladi.

Nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada tug‘ilish darajasi 1,16 ni tashkil etdi. Italiyada - 1,24. Polshada - 1,29. Germaniya va Fransiyada - mos ravishda 1,46 va 1,79.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyo aholisining istiqbollari bo‘yicha iyul oyidagi hisobotiga ko‘ra, 2080-yillarning o‘rtalarida dunyo aholisining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi, 2024 yildagi 8,2 milliarddan taxminan 10,3 milliardga ko‘tarilishi va asr oxiriga kelib bu ko‘rsatkich yana 10,2 milliardga yetishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!