20:23 / 27.11.2024
6

Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi
Foto: Akorda
26 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev turizm va sport vaziri bilan uchrashuvda mamlakatning bosh sport qonuniga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytdi. Bu haqda “Sports.kz” sayti xabar bermoqda.

Prezidentga bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, hakamlar va mutaxassislar malakasini oshirish, legionerlar sonini qisqartirish, federatsiyalar faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.

Erbol Mirzabosinovning so‘zlariga ko‘ra, sport sohasida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish ishlari boshlangan. Vazirlik huzurida tuzilgan maxsus guruh a’zolari hududlardagi sport sohasining holatini chuqur tahlil qildilar. Bundan tashqari, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi amaldagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish uchun ishchi guruh tuzilgan. Xalqaro federatsiyalar bilan hamkorlikni kengaytirish va sport infratuzilmasini yangilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yakunda prezident vazirga sport va turizm sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar qo‘ydi. Xususan, kelgusi xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ishlarini yuqori darajaga ko‘tarish zarurligi ta’kidlandi”, deb xabar beradi manba.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti mahalliylashtirilgan sportchilar sonini kamaytirishga topshiriq berdi